Livan hukumatining ma’lum qilishicha, Isroil havo hujumlarida dushanba kunidan beri mamlakat boʻylab kamida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok boʻlgan, 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Isroil rasmiylari Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan va Isroil shimolini doimiy ravishda oʻqqa tutayotgan Livandagi «Hizbulloh» guruhining infratuzilmasi va jangarilarini nishonga olayotganini aytmoqda.
Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) matbuot kotibi Daniel Hagarining aytishicha, Isroil havo kuchlari seshanba kuni Bayrutga nishonga oid zarba berdi, natijada nafaqat Hizbulloh raketa kuchlari qoʻmondoni Ibrohim Qubaysi, balki kamida yana ikki qoʻmondon ham halok boʻldi.
Seshanba kuni ertalab Hizbulloh Isroilga oʻnlab raketalarni uchirdi. Ularning aksariyati urib tushirilgan, biroq ba’zi binolar vayron boʻldi, deya ma’lum qildi SAXAL.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!