Monitoringda ushbu shifoxonada davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar, jumladan ularning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon va zarur texnik vositalarning ta’minoti kabi holatlar hamda avvalgi monitoringda bildirilgan tavsiyalar ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida shifoxonaning dispanser bo‘limida kapital ta’mirlash ishlari boshlangani hamda bemorlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, bemorlarning kunlik menyusi foydali mahsulotlar bilan boyitilgani aniqlandi.
Shuningdek, bemorlarning shifoxona haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ular bilan inlividual va ommaviy suhbatlar o‘tkazildi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman mintaqaviy vakilining tavsiyalari berildi.