Jahon

TikTok sahifalarni bloklashga hech qanday sud qarorlari asos bo‘lmagan, bu «siyosiy bosim» — Mariya Zaxarova

TikTok sahifalarni bloklashga hech qanday sud qarorlari asos bo‘lmagan, bu «siyosiy bosim» — Mariya Zaxarova

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Mariya Zaxarova TikTok sahifalarining bloklanishiga izoh berdi.

«AQSH Kongressi TikTok rahbarini nima uchun rus sahifalari bloklanganini so‘rash uchun chaqirmaydi, chunki bu ularga manfaatli emas. Agar siyosiy jarayonlarni himoya qilayotganlarini ko‘rsatish kerak bo‘lsa, rahbarni chaqirishadi. Lekin rus ommaviy axborot vositalarining o‘nlab sahifalari o‘chirilganda, bunday qadamga bormaydilar,» — dedi u Radio Sputnik efirida.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, sahifalarni qaytarish uchun barcha choralar ko‘rilishi kerak, chunki hech qanday sud da’vosi yoki qaror yo‘q va bu AQSHning siyosiy bosimi ifodasidir.

Avvalroq, TikTok Sputnik va RT International sahifalarini AQSHning Rossiya OAVga qarshi yangi sanksiyalari fonida o‘chirib tashlagan edi.