Bugun, 2024-yil 25-sentyabr kuni fuqaro G‘.O. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Equinox» rusumli avtomobili qoldirilgan joyida yo‘qligi yuzasidan «102» tizimiga xabar bergan. Kelib tushgan xabarga ko‘ra, IIV JXD YHXX Navbatchilik qismi tomonidan «To‘sib ushlash» rejasi e’lon qilingan.
IIV JXD YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu avtomobil va uni olib qochgan shaxs, 1990 yilda tug‘ilgan Z.M. «Namangan» YPX maskanida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.
Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasini nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!