Jamiyat

Oʻzbekistonda “Taʼlim kodeksi”ni ishlab chiqish taklif etildi

Oʻzbekistonda “Taʼlim kodeksi”ni ishlab chiqish taklif etildi

“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturida mamlakatda taʼlim kodeksini ishlab chiqish taklif etildi.

Xabarga koʻra, kodeksni ishlab chiqishdan maqsad pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish, ularga nisbatan gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir.

 

“Ushbu kodeks taʼlim tizimidagi xodimlarning huquqiy kafolatlari, majburiyat va imtiyozlarini aniq belgilab beradi. Uning qabul qilinishi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, jamiyatning barcha jabhalarida ijobiy oʻzgarishlarga turtki beradi”, deyiladi partiya xabarida.

 

Taʼkidlanishicha, kodeks oʻz nomi bilan huquqiy kafolatlar, burch va majburiyatlarni aniq koʻrsatadi..

Maʼlumot uchun, “Taʼlim kodeksi”ning qabul qilinishi oʻqituvchi va pedagoglar faoliyati davomida kelib chiqadigan savollarga birgina hujjat bilan javob berish imkoniyatini yaratadi.