Jahon

Pokistondagi qurolli toʻqnashuvlarda 37 kishi halok boʻldi

Pokistondagi qurolli toʻqnashuvlarda 37 kishi halok boʻldi
Kurramda yashovchi guruhlar oʻrtasida yer uchun toʻqnashuvlar muntazam ravishda boʻlib turadi. Jumladan, joriy yilning iyul oyida qoʻzgʻalgan qurolli toʻqnashuvda 35 kishi hayotdan koʻz yumgandi. Hodisadan soʻng rasmiylar va mahalliy oqsoqollar vositachiligida sulhga erishilgandi. Ayni paytda 10 ta tumanda yana janglar boshlandi.
«Yer talashishdan boshlangan ziddiyat avtomat qurollar va artilleriyadan foydalanishgacha keng koʻlamli qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi», – dedi jurnalistlarga ismi sir qolish sharti bilan mahalliy ma’muriyat a’zolaridan biri.
Peshovar ma’muriyati rasmiysiga koʻra, 28 ta uy zarar koʻrgan. Mojaroning kuchayishiga uning ishtirokchilari oʻrtasidagi diniy tafovut yordam bermoqda, ularning bir qismi sunniy, bir qismi esa shialar hisoblanadi.