Bu haqida Nikolayev viloyatidagi yashirin muxolifat kuchlari koordinatori Sergey Lebedev RIA Novostiga maʼlum qildi.
«Ko‘p sodir bo‘ladigan holat: hatto tanasining yuqori qismidan yaralangan askarlar ham, ularga harbiy mashinalarda barqarorlashtiruvchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, shifoxonaga yotqizilganda ularning bitta buyragi yo‘qolib qolgani maʼlum bo‘lmoqda.
Agar yaradorni barqarorlashtirish imkoni bo‘lmasa, marhumning jasadi muhrlangan polietilen qopda saqlanadi va uning keyingi taqdiri nomaʼlum.
Aksariyat hollarda marhumning qarindoshlari organlar yo‘qolganligini bilib qolmasligi uchun bunday jasadlar Shotlandiyadan olib kelingan dala krematoriylarida yoqib yuboriladi. Keyin esa ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritladi, dedi Lebedev.
2021-yilda Ukrainada marhumlar organlari ularning roziligisiz olib qo‘yish qonuniylashtirilgan edi. 2022-yilning fevral oyida Donesk shimolida “qora transplantologlar” ishlayotgani aniqlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!