Jahon, Jamiyat

Bishkekda «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi» ochildi

Bishkekda «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi» ochildi

Ochilishda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov, Xitoy Davlat qo‘mitasi rivojlanish va islohotlar departamenti rahbari o‘rinbosari Chjan Szyanxua, O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, «China Railway International» kompaniyasi bosh direktori Chjou Sin va boshqalar ishtirok etdi.

«Biz bu loyihani yuksak baholaymiz va uni asr qurilishi deb ataymiz. U Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi», — dedi Japarov ochilish marosimida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun Qirg‘izistonda qo‘shma loyiha kompaniyasi tuziladi, unda 51% ulush Xitoyga, 24,5% Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tegishli bo‘ladi. Xitoy tomoni loyihalash, xarid, qurilish va boshqa asosiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi.