Jamiyat

“Dovud-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy olib o‘tilayotgan pnevmatik qurollar va o‘qlar fosh etildi

“Dovud-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy olib o‘tilayotgan pnevmatik qurollar va o‘qlar fosh etildi

Qayd etilishicha, “Dovud-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kuryerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida Rossiya fuqarosi tomonidan 1 dona 4.5 mm. pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gaz baloni, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlar hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasidan kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklarida 1 dona gaz balonli to‘pponcha, 11 dona gaz balon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlarni Rossiyadan olib kelayotgani oshkor bo‘ldi.

Hamda, o‘z transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg. bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etildi.