Jahon

Bayrut aeroporti hududida kuchli portlashlar ro‘y berdi

Bayrut aeroporti hududida kuchli portlashlar ro‘y berdi

«Isroil shaharning janubiy chekkasiga qatorasiga 11 bor zarba yo‘lladi», — degan agentlikning anonim manbasi.

Livan milliy axborot agentligi (NNA) «10 dan ortiq ketma-ket zarba qayd etilgani, bu esa Bayrut janubi tomon eng kuchli zarbalardan biri bo‘lgani» haqida xabar bergan.

NNA ma’lumotiga ko‘ra, portlash ovozlari Bayrut tashqarisidagi tog‘li hududlarda ham eshitilgan.

Isroil mudofaa armiyasi zarbalar yuzasidan izoh bermagan, ammo oldinroq Bayrut janubi aholisini evakuatsiya to‘g‘risida ogohlantirgandi.

«Siz „Hizbulloh“ obektlari yaqinida turibsiz va Isroil armiyasi yaqin vaqtlar ichida ular bo‘yicha ishlaydi», — deya yozgan SAHAL vakili Avixay Adrai X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida arab tilida.

Bayrut aeroporti «Hizbulloh»ning tayanch hududi bo‘lgan va muntazam ravishda isroilliklarning aviazarbalariga nishon bo‘lib kelayotgan Dahiya tumani bilan yonma-yon joylashgan.

Axios portali va CNN telekompaniyasi manbalarga tayanib xabar qilishicha, Bayrut bo‘ylab navbatdagi zarbalar nishoni «Hizbulloh»ning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohning amakivachchasi Hoshim Safi ad-Din bo‘lishi mumkin.

Uni guruhda Nasrullohning ehtimoliy vorisi deb bilishadi. Zarbalar oqibatida unga zarar yetgani-yetmagani — noma’lum.

Payshanba kuni kechqurun AFP Isroilning yana bir zarbasi Bayrut aeroporti yaqinidagi omborxona tomon yo‘naltirilgani haqida xabar bergandi. Bu yerda aynan nima saqlangani ma’lum emas.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi kun davomida isroilliklarning zarbalari oqibatida 37 kishi halok bo‘lib, 151 kishi yaralangani haqida xabar bergan.

Isroil esa «Hizbulloh» jangarilarini payshanba kuni Livandan Isroil hududiga 230 ga yaqin raketa uchirishda ayblagan.

«Hizbulloh» kun davomida Isroil hududini raketalar bilan o‘qqa tutgani hamda Livan janubida quruqlik amaliyoti o‘tkazayotgan isroillik askarlarga hujum qilingani haqida xabar berib turgan.

Payshanba kuni Falastin rasmiylari Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi qochqinlar lageriga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.