Prezident Farmoniga koʻra, maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
— kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish;
— katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish.
2026/2027 oʻquv yilidan:
— bogʻchalar tomonidan Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi;
— maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-avgustgacha:
— maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va oʻquv-metodik materiallar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;
— Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi maʼlumotlarining joylashtirilishi taʼminlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!