Iqtisod

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror kelajakni targ‘ib qilish yo‘lidagi tamaltoshni qo‘ymoqdamiz — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror kelajakni targ‘ib qilish yo‘lidagi tamaltoshni qo‘ymoqdamiz — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi WCCE-2024 – Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanida ishtirok etdi.

“Hamkorlarimiz: YUNKTAD va uning Bosh kotibi Rebeka Grinspan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va uning Bosh direktori oʻrinbosari Silvi Forban, Indoneziya Respublikasi Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi hamda vazir Sandiaga Unoga hamkorlik va tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Shuningdek, Qatar muzeylari raisi Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga va “Art of Heritage” bosh direktori, Qirollik oilasi a’zosi malika Nura Olfaysal hazrati oliyalariga madaniy merosni asrab-avaylashda koʻrsatayotgan yordamlari uchun cheksiz ehtiromimni izhor etaman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.