Jahon

Rossiya Tolibonni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi

Rossiya Tolibonni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi

Rossiya Tolibonni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi.

Rossiya hukumati Tolibon harakatini terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda RBK xabar qildi.

RF Tashqi ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati ushbu masala boʻyicha huquqiy ishlarni yakunlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov.

“TIV FSB va Rossiyaning boshqa idoralari bilan birgalikda Tolibonni Rossiya Federatsiyasining terroristik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarish boʻyicha huquqiy ishlarni yakunlamoqda”, dedi Kabulov Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yigʻilishida.