Jahon

Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirishni ma’qulladi

Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirishni ma’qulladi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi O‘zbekiston Hukumati bilan Tojikiston Hukumati o‘rtasida imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi.

Unga ko‘ra, yuk tashuvchi transport vositalarining har ikki davlat hududi orqali tranzit o‘tishi ruxsatnoma blankalarisiz amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekiston tomoni ichki tartib-taomillarini bajargan edi.