Jahon

Forbes dunyoning eng ko‘p maosh oladigan yetakchilarini eʼlon qildi

Forbes dunyoning eng ko‘p maosh oladigan yetakchilarini eʼlon qildi

Singapur bosh vaziri Lourens Vong 1,69 mln dollar yillik maosh bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda:

Shveysariya prezidenti Viola Amherd — 570 ming dollar;

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz — 413 ming dollar;

AQSH prezidenti Jo Bayden — 400 ming dollar;

Avstriya kansleri Karl Nehammer — 316,7 ming dollar.

Ularning ortidan Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson (310,5 ming dollar), Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo (310,5 ming dollar), Germaniya kansleri Olaf Shols (293,3 ming dollar) va Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba (276,4 ming dollar) kelmoqda. Eng boy rahbarlar o‘ntaligini Irlandiya bosh vaziri Saymon Harris (267,3 ming dollar) yakunlagan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin ro‘yxatda umuman ko‘rsatilmagan. Putin 2017-yildan 2022-yilgacha 67,5 million rubl ishlab topgan. Uning daromad manbalari orasida ish haqi, harbiy pensiya, bank omonatlari, qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, mulkni sotish ko‘rsatilgan.