Jahon

BMT: Isroil 1 yil ichida G’azoga gumanitar yordam yetkazilishiga to’sqinlik qildi

BMT: Isroil 1 yil ichida G’azoga gumanitar yordam yetkazilishiga to’sqinlik qildi

Isroil 1 yil ichida G’azoga gumanitar yordam yetkazilishiga to’sqinlik qilib, yuzlab konvoylarga ruxsat bermadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) matbuot kotibi Yens Laerke so’nggi bir yil davomida Isroil tomonidan to’siqlar tufayli G’azoga kerakli miqyosda gumanitar yordam ko’rsata olmaganini aytdi.

Anadolu agentligi bilan suhbatda Laerke, Isroil tomonidan 2023-yil 7-oktabrda G’azoga boshlagan va 1 yil uzluksiz davom etgan gumanitar yordam harakatlariga ta’siri haqida gapirdi.

Shuningdek, Laerke bu yil G’azodagi falastinliklar va asirlikdagi isroillik oilalar uchun dahshatli yil bo’lganini ta’kidladi.

«Biz uchun gumanitar yordam operatsiyalarini boshlash va olib borish juda qiyin bo’ldi”,  – dedi u.

“Keyin biz yordam operatsiyalari boshlanganini ko’rdik. Biroq, Isroil rasmiylari oldimizga shunchalik ko’p to’siqlar qo’yishdiki, biz talab qilingan miqyosda javob berishimiz deyarli mumkin emas edi. Gap kirishga ruxsat berilmagan yuzlab konvoylar haqida ketmoqda” deydi Laerke urush boshida G’azo sektorining butunlay yopilganini eslatib.