Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, turmush tarzi farovonligingi yaxshilash maqsadida Ohangaron shahrida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun shahardagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan, shahardagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Yil boshida ijtimoiy soha obyektlariga 37 ta quyosh paneli o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga rejadan orttirib yaʼni 114 foizga oshirib, 42 ta quyosh paneli o‘rnatilgan.
Bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan «Yashil energiya» resurslaridan oqilona foydalanish, ijtimoiy soha obyektlariga quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. Xususan, shahardagi 14-DMTT to‘liq quyosh panellariga o‘tkazilgan.
Yil boshida shaharda 750 nafar kambag‘al ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bugungi kunda 483 tasi kambag‘allikdan chiqarilgan, qolgan 267 nafar fuqarolarni yil so‘ngiga qadar kambag‘alliqdan chiqarilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, aholini ijtimoiy-iqtisodiy holatini yana-da yaxshilash uchun, bandligini taʼminlash maqsadida, «Har bir oila tadbirkor» dasturi asosida 559 nafar fuqaroga, yaʼni 6 mlrd. 622 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholini o‘ylantirayotgan, Temiryo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi yakuniga yetdi.
Shaharda faoliyat olib borayotgan “Arton” zavodi faoliyati o‘rganildi. Mazkur zavod ijtimoiy himoyaga muhtoj, band bo‘lmagan aholini eng ko‘p ishga joylashtirgan zavodlardan biri hisoblanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!