Korxonada yengil va yuk tashuvchi avtomobillarni yurish, transmissiya va boshqaruv tizimlari uchun 1 mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.
Korxonani o‘zida texnik tekshiruv va sinovlarni o‘tkazish uchun laboratoriya ham tashkil qilingan, xalqaro sifat menejmenti sertifikati ham mavjud.
Bunday korxonalarni “O‘zavtosanoat”, Navoiy va Olmaliq kombinatlari bilan kooperatsiyasini kuchaytirib, importni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligi qayd etildi.
Yoki, Yangiyo‘l tumanidagi “Mesal” korxonasi ham hozirgi kunda eng ko‘p import bo‘layotgan suv tozalash uskunalarini ishlab chiqarayapti.
Iqtisodiy kompleks mutasaddilariga bir oyda mashinasozlik sohasidagi va texnologik uskunalar importini to‘liq tahlil qilib, mahalliylashtirishni kengaytirish hamda yirik korxonalar bilan kooperatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!