Jahon

Qozog‘istonda o‘smirning shov-shuvli o‘limidan so‘ng 7 kishi hibsga olindi

Qozog‘istonda o‘smirning shov-shuvli o‘limidan so‘ng 7 kishi hibsga olindi
Oplus_131072

Olma-Ota viloyatidagi Talgar shaharchasida magazin egasi va xaridor o‘rtasida kelib chiqqan janjaldan so‘ng xaridor o‘zining bir guruh tanishlarini chaqirgan. Mushtlashuvda do‘kon egasining 16 yoshli o‘g‘li olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan.

Shahar ichki ishlar organlari o‘smirning o‘limi yuzasidan tergov olib borayotgan vaqtda do‘kon egasining uyi yoqib yuboriladi.

Shundan so‘ng do‘kon egasi o‘zini himoya qilishni so‘rab prezidentga ochiq murojaat qiladi.

Ayni damda Talgar shahriga Qozog‘iston Milliy gvardiyasi kuchlari kiritilgan, tuman akimi (hokimi) ishdan olingan.

Jinoyat ishi yuzasidan 10 kishi gumonlanuvchi deb tan olingan, ulardan 7 nafari hibsga olingan.