Xususan, so‘nggi kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan yaratilgan ana shunday soxta profillar orqali tizimdagi mas’ul xodimlarga turli yolg‘on va noqonuniy topshiriqlar berilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik barcha rahbarlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk ma’lumotlarga ishonmasliklari, axborot xavfsizligini ta’minlashga yanada jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘ramoqda.
Shuningdek, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli borligini, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanishi, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmasligini eslatib o‘tmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!