Jamiyat

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Ko’hna Xivada davom etmoqda

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Ko’hna Xivada davom etmoqda

Kecha, 15-oktabr kuni Toshkent shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o’z ishini boshlagan edi. Bugun, 16-oktabr kuni, mazkur nufuzli anjuman Ko’hna Xiva shahrida o’z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro anjuman Xivada qizg’in davom etmoqda. Ayni chogʻda “Oʻzbekiston – buyuk sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusidagi 4-shoʻba oʻz ishini qizgʻin olib bormoqda.

Nufuzli tadbirning ikkinchi kunida Turkiya, Fransiya, Marokash, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning din arboblari, muftiylari, taniqli ulamo va ekspertlari mavzu doirasida dolzarb maʼruzalar bilan ishtirok etmoqda.