2025-yili 19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
Bu haqda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Terma jamoalar orasida bizning tarkib ham bor.
Ma’lumot uchun, shu yilning 6-12-oktyabr kunlari Shri-Lanka davlatining Kolombo shahrida “CAVA U20 Menʼs Volleyball Championship 2024” musobaqasi bo‘lib o‘tgandi.
Unda 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar milliy terma jamoamiz ham ishtirok etgandi.
Qirg‘iziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv va Shri-Lanka jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, final bosqichiga chiqqandi. Final uchrashuvida Nepal jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, Markaziy Osiyoda chempionlikni qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘lgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!