Ilm-fan

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qaroriga koʻra, strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

— sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

— YaIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

— sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

— Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.