Jamiyat

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti qachon yoqilishi aytildi

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti qachon yoqilishi aytildi

“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti qachon yoqilishini ma’lum qildi.

“Sovuq kunlar mavsumida xonadoningiz issiq va qulay muhitda bo‘lishi qanchalik muhim ekanligini tushunamiz.

Issiqlik ta’minoti Toshkent shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan yoqiladi. Isitish davrining aniq sanasi ma’lum bo‘lishi bilan rasmiy e’lon qilamiz”, deyiladi xabarda.

Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darajadan past bo‘lgan paytdan boshlanadi.

O‘z. Res. V. M.ning 15.07.2017-yildagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asos qilingan.