Jahon, Jamiyat, Siyosat

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

17-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi, deya xabar qilmoqda agentlik.

Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan «MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim» doirasida vataniga qaytarilgan.

Agentlik xabar qilishicha, 2024-yilda jami 100 nafar yurtimizning voyaga yetmagan fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.