Prezident imzolagan qonun bilan yangi Konstitutsiya normalariga asosan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan:
➖ “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlandi;
➖ Hokimlarga tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo‘lganda kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari kengashining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish uchun senatga yoki sudga murojaat qilish vakolatlar berildi;
➖ xalq deputatlari kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilandi;
➖ xalq deputatlari kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talab qo‘yildi. Bunda ushbu tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!