Jamiyat, Jinoyat, Siyosat

Sardor Kariyevning uyi xatlandi. Ayoli sudga shikoyat qildi

Sardor Kariyevning uyi xatlandi. Ayoli sudga shikoyat qildi

Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Natijada bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini sudga shikoyat qildi.

Ushbu ish joriy yilning 21-oktyabr kuni Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudida ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» ishida aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Taʼkidlanishicha, MIB «Dok-1 Maks»dan jabrlanganlarga sud tomonidan belgilangan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pullarini undirish harakatini davom ettirmoqda.