Joriy yilning sentabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaygan.
Oʻzbekistonda soʻnggi uch oy ichida foydalanilgan avtomobillar narxi oʻzgarib turdi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) ma’lum qilishicha, avgust oyida narxlar iyul oyiga nisbatan oshgan, sentabrda esa pasaygan.
Foydalanilgan mahalliy avtomobillar Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark, Damas va Labo ishlatilgan muddatiga qarab turlicha baholanmoqda.
Sentabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaygan boʻlsa, kam foydalanilgan avtomobillar narxida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!