Jahon

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

Isroil hujumi sabab Eron orqali uchadigan aviakompaniyalar reyslar yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlgandi.

Isroil raketa hujumi tufayli mamlakat havo hududi yopilganidan keyin Eron parvozlarni qayta tikladi. Bu haqda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakili Jaʼfar Yazerlu maʼlum qildi.

Keyingi ogohlantirishgacha mamlakat boʻylab toʻxtatilgan havo qatnovi 26-oktabr ertalab soat 9:00 da qayta tiklandi, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 1-oktabr kuni Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirdi. Bunga javoban Tel-Aviv 26-oktabrga oʻtar kechasi javob zarbasini yoʻlladi.

Eron matbuoti Isroilning Tehronning gʻarbiy va janubi-gʻarbidagi ayrim harbiy bazalariga hujum qilgani haqida xabar berdi.

Ushbu raketa hujumi sabab Oʻzbekistonga boʻlgan qator aviareyslarda oʻzgarishlar kuzatildi.