Ovoz berish birinchi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand va Hindistondagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida boshlandi.
Jumladan, saylovda ovoz berishni O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi huzurida ochilgan 56-saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan soat 4:00 da boshlab berdi.
Suratda O’zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo’ja Abduraxmonov ovoz berish jarayonida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!