Shifokor ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.
Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.
16-oktyabr kuni shifokor ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!