Siyosat

Parlament saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Parlament saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi

OʻzLiDeP partiyasi 34,75 foiz bilan 26 ta oʻrin bilan birinchilikni egallagan, ikkinchi oʻrinda “Milliy tiklanish” bormoqda.

Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Parlament saylovi dastlabki natijalariga koʻra:

– OʻzLiDeP partiyasi 34,75 foiz bilan 26 ta;
– Milliy tiklanish 18,82 foiz bilan 14 ta;
– XDP 17,11 foiz bilan 13 ta;
– Adolat SDP 16,20 foiz bilan 12 ta;
– Ekopartiya 13,12 foiz bilan 10 ta deputatlik oʻrniga ega boʻldi.

Saylangan deputatlar soni:

-OʻzLiDePdan 38 nafar;
-“Milliy tiklanish”dan 15 nafar;
– “Adolat”dan 9 nafar;
– XDPdan 7 nafar;
– Ekopartiyadan 6 nafar.