Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil tomonidan oʻldirilgan sobiq etakchisi Hasan Nasrulloh oʻrniga Naim Qosim bosh kotib etib saylanganini ma’lum qildi. U harakatni Eron poytaxti Tehrondan turib boshqaradi.
Livanning “Hizbulloh” harakati sobiq yetakchisi Hasan Nasrulloh va uning vorisi Hoshim Seyfuddin Isroil tomonidan oʻldirilishi ortidan Naim Qosim harakatning yangi bosh kotibi etib saylandi.
Naim Qosim Hoshim Seyfuddin vafotidan keyin Livan tashkiloti tomonidan tashkilot bosh kotibi muovini etib saylangandi. Isroil harakatning ehtimoliy rahbarlarini ham oʻldirishni boshlaganidan soʻng tashkilot oʻzining boʻlajak rahbarlarini sir saqlashi haqida e’lon qilgan edi, biroq oradan koʻp oʻtmay yangi bosh kotibining kimligi bildirildi.
Qosim ehtimoliy suiqasd urinishlari tufayli 20-oktyabr kuni Livandan Eronning poytaxti Tehronga joylashgani bildirildi. Qosim Livan tashkilotini Erondan boshqaradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!