Rodri Ernandes “Oltin toʻp” sohibiga aylandi.
Kuchli beshtalikdan Vinisius Junior, Jud Bellinghem, Dani Karvaxal va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandlar joy oldi.
Fransiya poytaxti Parijda France Football tomonidan tashkil etilgan “Oltin toʻp” marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda “Manchester Siti” va Ispaniya termasi oʻyinchisi Rodri Ernandes nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi.
Rodri oʻtgan mavsumda Yevropa chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi. Shuningdek, “Siti” safida APLda chempion boʻldi.
Taʼkidlash kerakki, sovrinni “Real” oʻyinchisi Vinisius Junior olishi haqida gap-soʻzlar tarqalgandi. Ammo yakunda bunday boʻlmadi.
Top-5dan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand (5).
Eng yaxshi murabbiy — Karlo Anchelotti (“Real”/Italiya)
Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Emma Hayes (“Chelsi”/AQSh)
Eng yaxshi klub — “Real” (Ispaniya)
Eng yaxshi ayollar jamoasi — “Barselona” (Ispaniya).
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda ushbu sovrinni Lionel Messi qoʻlga kiritgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!