Tramvay relsdan chiqib ketdi va Osloning (Norvegiya) asosiy ko‘chasidagi elektronika do‘konining oynasiga borib urildi. Mamlakat politsiyasi tarqatgan bayonotga ko‘ra, to‘rt kishi jarohatlandi.
“Hodisa vaqtida tramvayda 20 ga yaqin odam bo‘lgan. Bizda to‘rt kishining, jumladan tramvay haydovchisining jabrlangani haqida ma’lumot bor”, dedi politsiya.
Huquq-tartibot xodimlari voqea sodir bo‘lgan Sturgata ko‘chasida harakatni qisman to‘sib qo‘ydi. Binodan odamlar evakuatsiya qilindi. Hodisa sabablarini o‘rganish boshlandi. Jarohatlanganlarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot berilmadi, deb xabar beradi tass.ru.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!