Iqtisod, Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Davlat rahbari Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu birikmadan kimyo, metallurgiya, elektr texnikasi, farmatsevtika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi kabi oʻnga yaqin tarmoqda foydalaniladi. Jumladan, qogʻoz, maishiy va kimyoviy vositalar ishlab chiqarish, uran va kobalt mahsulotlari qazib olishda faol qoʻllaniladi. Qadoqlarni tozalovchi, sunʼiy va sintetik tolalarni oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Yaqin minataqada bunday korxona yoʻq. Shu bois mahsulot MDH va Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda. Qisqa vaqtda qariyb 1,5 million dollarlik eksport qilingan. Korxonaning yillik eksport salohiyati 10 million dollar.