Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev aytishiga ko‘ra, Rossiyada 2024-yil boshidan buyon:
▪️Jami 6,5 mln. xorijlik yashayotgani va ulardan 740 mingi – noqonuniy ekani aniqlangan;
▪️180 ming chet el fuqarolariga Rossiyaga kirish cheklangan;
▪️7 mingdan ortiq daktiloskopiyadan o‘tmagan xorijlikning Rossiyada bo‘lish muddati qisqartirilgan;
▪️7,5 ming xorijlikka rus tili sertifikati olish cheklangan;
▪️1,2 mingdan ortiq kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan.
Shuningdek, Kolokolsev jinoiy guruhlar tomonidan tashkil etilgan noqonuniy migratsiya holatlari o‘tgan yilga nisbatan 5,5 baravar ko‘p aniqlaganini maʼlum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!