Jahon

AQShda McDonald’s mahsulotlaridan 100ga yaqin kishi zaharlandi

AQShda McDonald’s mahsulotlaridan 100ga yaqin kishi zaharlandi

Bayonotda ushbu bakteriya tufayli kasallanganlar soni 90 nafarga yetgani, 27 kishi kasalxonaga yotqizilgani qayd etildi.

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDAe’lon qilgan bayonotda McDonald’s  “Quarter Pounder” gamburgerlarida ishlatiladigan toʻgʻralgan piyoz ushbu bakteriyalarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlangan.

Bayonotda zarar koʻrgan shtatlardagi restoranlarda ushbu mahsulotdan foydalanish toʻxtatilgani aytilgan.

CDC 23-oktyabr kuni E.Coli bilan kasallangan 49 kishidan biri vafot etganini e’lon qildiMcDonald’s  ba’zi shtatlarda ushbu gamburgerlarni sotish va shubhali ingredientlardan foydalanishni toʻxtatganini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, McDonald’s Gʻazoda hujum uyushtirayotgan Isroil askarlariga bepul yeguliklar tarqatgani ortidan global miqyosda boykotga uchragan edi. Tarmoq ayniqsa Yaqin Sharqda milliardlab dollar zarar koʻrdi.