Yevroosiyo xavfsizligi bo‘yicha II Minsk konferensiyasida Lavrovning asosiy bayonoti tinglandi. Unga ko‘ra,
▪️Ukraina mojarosi “durang” natija bilan hal bo‘lmaydi. Chunki bu natija tomonlar manfaatini ishonchli taʼminlay olmaydi.
▪️ Zelenskiyning AQSHdan “Tomagavk” raketalarini so‘rashi Vashingtonni hayratga solganidan bizning xabarimiz bor.
▪️ Zelenskiy har safar AQSHni Rossiyaga qarshi urushga tortmoqchi bo‘lganida, Qo‘shma Shtatlar uning “qo‘liga uradi”.
▪️G‘arb yordamida ilgari surilgan Zelenskiyning “tinchlik formulasi” ahmoqona, uning “g‘alaba rejasi” esa – shizofreniya.
▪️AQSH Markaziy Osiyoda harbiy infratuzilma joylashtirish uchun turli bahonalar o‘ylab topishga harakat qilmoqda.
▪️Yevrosiyoda yangi xavfsizlik arxitekturasini tashkil qilishda eshiklar G‘arb uchun yopiq emas, lekin muloqot faqat tenglik asosida bo‘lishi mumkin.
▪️Rossiya va Eron o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi tez orada imzolanadi
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!