Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiyaning Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari saylovidagi ishtiroki tahlili hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdi.
Joriy yilgi yangicha saylov partiya uchun katta tajriba bo‘lgani, joylarda O‘zbekiston Ekologik partiyasiga xalq ishonchi ortib borayotganligi ta’kidlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!