JSST tasdiqlagan meʼyordan 93,2 barobar ko‘p: Toshkent havosi rekord darajada ifloslandi.
2-noyabrdan 3-noyabrga o‘tar kechasi poytaxt Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshdi. Bu haqda Xalqaro IQAir ko‘rsatkichlarida keltirilgan. Shaharda o‘rnatilgan 32 ta stansiya havoda zaharli zarrachalar meʼyordan bir necha barobar oshganini qayd etgan.
Bu ifloslanishning asosiy sababi PM2.5 zarrachasi bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqlagan meʼyordan 93,2 barobar ko‘p bo‘lgan. IQAir platformasi ochiq havoga niqobsiz chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Havo sifati ifloslanish holati va manbasi haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va O‘zgidromet rasmiy sahifalarida maʼlumot bermagan.
3-noyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, shahar havosida ifloslanish darajasi 105 mkg/m3 ni ko‘rsatyapti. Bunda PM2.5 zarrachalari 37 ni tashkil qilgan, bu JSST meʼyoridan 7,4 martaga ko‘p.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!