Iqtisod, Jamiyat

Toshkentdagi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

Toshkentdagi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Loyiha qiymati 170 million AQSH dollar deb baholangan.

Qayd etilishicha, loyiha boʻyicha Chorsu maydonidagi 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq boʻlib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi va oʻrnidan mehmonxona, biznes-markaz, turar-joylar qurilishi shuningdek, “Chorsu” mehmonxonasiga bagʻishlangan muzey ham ochilishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, loyihani Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi ishlab chiqqan. Yangilangan maydonning qurilish ishlari 2025-yilda boshlanib, 2029-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.