Hodisa

6-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi

6-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18, ba’zi joylarda 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja  iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18, ba’zi joylarda 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 10-15 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 5-8 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

7-8 noyabr kunlari havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. Respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 13-18, shimolda va cho‘l hududlarida esa 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin.

5-6 noyabr kunlari respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

5-7 noyabr kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.