Jahon

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ishdan boʻshatildi

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ishdan boʻshatildi

Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan boʻshatdi. Netanʻyaxu ushbu qarorga “urush davrida bosh vazir va mudofaa vaziri oʻrtasida toʻliq ishonch boʻlmagani”ni sabab qilib keltirdi.

«Isroil bosh vaziri sifatidagi oliy vazifam — mamlakat xavfsizligini ta’minlash va hal qiluvchi gʻalabaga eltish. Urush davrida bosh vazir va mudofaa vaziri oʻrtasida toʻliq ishonch har qachongidan ham zarur. Kampaniyaning dastlabki oylarida bizda shunday ishonch bor edi va koʻp narsaga erishdik, afsuski, soʻnggi oylarda men va mudofaa vaziri oʻrtasidagi bu ishonchga putur yetdi», — deyiladi Netanʻyaxuning bayonotida.

Uning oʻrniga tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Isroil Kats tayinlandi. Gideon Saar yangi TIV rahbari boʻldi.

Yoav Galantning ishdan boʻshatilishiga norozilik bildirgan yuzlab odamlar poytaxt Tel-Aviv va Quddus koʻchalariga chiqdi. Ular Netanʻyaxuning iste’fosini hamda  HAMAS qoʻlidagi isroillik asirlarni ozod qilishni talab qilmoqda.