Jahon

Tramp Tehron bilan yangi kelishuvga tayyor, ammo unga bosimni kuchaytiradi — OAV

Tramp Tehron bilan yangi kelishuvga tayyor, ammo unga bosimni kuchaytiradi — OAV

AQSHning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp siyosiy maydonga qaytishi oldidan Eronga nisbatan siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgiladi. Asosiy eʼtibor Tehronning yadroviy ambitsiyalarini cheklashga qaratilgan «maksimal bosim» ostidagi sanksiyalarni tiklashga qaratilgan.

Tramp yangi yadroviy kelishuvni muhokama qilishga tayyorligini taʼkidlab, Eron yadro dasturining yanada rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tezkor muzokaralar o‘tkazishga chaqirmoqda.

Biroq, shu bilan birga, u Eron bilan qarama-qarshilikda Isroilni qo‘llab-quvvatlashni yanada jonlashtirish va arab ittifoqchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish niyatida.

Tramp tarafdorlari kutayotganidek, AQSHning Yaqin Sharq davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlashi va Eron taʼsiriga qarshi kuchli blok yaratishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan «Ibrohim kelishuvlari»ning qayta tiklanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.