Qo‘shma Shtatlar Isroil armiyasi ehtiyojlari uchun Isroil buyurtma qilgan va to‘lagan 134 ta D9 buldozerini yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozadi Ynet Qayd etilishicha, buldozerlar AQSHdagi Saterpillar zavodlarida tiqilib qolgan va Davlat departamentidan eksport ruxsatini kutmoqda.
Bu buldozerlardan, birinchi navbatda, G‘azo sektoridagi binolarni buzish uchun foydalanish AQSHda qattiq tanqidga uchradi. Namoyishlar va Bayden ma’muriyatiga bo‘lgan katta bosim ta’minotning bir necha oy davomida muzlatilishiga olib keldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!