Hodisa

Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi

Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi

63 yoshli haydovchi «To‘xtash» ishorasi belgisiga amal qilmay harakatlangani ta’kidlanmoqda.

9-noyabr kuni ertalab Namangan viloyati, «Uychi-Chortoq» temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida fojia sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB JXX YHXB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, temiryo‘l kesishmasida 1961-yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomashinani boshqarib, «To‘xtash» ishorasi belgisiga amal qilmay temiryo‘lda harakatlanib kelayotan teplovozning yuk vagoniga urilgan. Oqibatda, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, poyezd mashinisti shoshilinch ravishda tormozni bosgan, ammo «to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan».

Ta’kidlanishicha, «avariya» poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir qilmagan.