Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29% ga yaxshilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.
Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yo’laklariga qo’shimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km bo’lgan 7 ta ko’chada avtobus yo’laklari joriy etiladi. Natijada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo’lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!