Uchrashuvda Tramp va Bayden Ukraina va Yaqin Sharq haqida gaplashgan. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida amaldagi prezident Jo Bayden bilan uchrashuvda Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilganini bildirdi.
«Men Baydenning fikrini bilmoqchi edim va u buni menga aytdi. Bundan tashqari, biz Yaqin Sharq haqida ko‘p gaplashdik. Men uning holatimiz va bu boradagi fikrlarini bilmoqchi edim. U buni baham ko‘rdi», – dedi Tramp The New York Post ga telefon orqali bergan intervyusida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u va Bayden bir-birlarini ko‘rganidan xursand bo‘lgan va inauguratsiyadan oldin yana uchrashishni rejalashtirgan.
«Oval kabinet juda ham chiroyli va men u yerga qaytib borishni intiqlik bilan kutaman», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Shuningdek, Tramp yangi ma’muriyat uchun kadrlarni saralash jarayoniga izoh berar ekan, «barchasi muammosiz» ketayotganini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!