Madaniyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida sayohat uchun birinchi “Ipak yoʻli” temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida sayohat uchun birinchi “Ipak yoʻli” temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Qozogʻistonda “Ipak yoʻli” temir yoʻl sayohati ochildi. “Almati – Turkiston – Toshkent – ​​Almati” yoʻnalishi boʻyicha birinchi tur 2024-yil 16-noyabrdan boshlanadi.

Bu haqda Kazinfrom agentligi QR Turizm va sport vazirligiga tayanib xabar berdi.

4 kunlik xalqaro temir yoʻl sayohati turistlarga qadimiy shaharlar atmosferasiga shoʻngʻish va Buyuk Ipak yoʻli izidan sayohat qilish imkonini beradi.

Yoʻnalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini oʻz ichiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlanish, transport xizmatlari va kirish chiptalari kiradi.

«Boy maʼnaviy-tarixiy merosni oʻrganishni xohlovchi fuqarolarimiz va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun sayohat yanada qulay va hamyonbop boʻladi. Bu Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam boʻldi», — dedi Qozog‘iston Turizm va sport vaziri oʻrinbosari Yerjan Yerkinbayev.

Sayohatchilar Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – muhim savdo tarmogʻi boʻlgan Oʻtrorni koʻrishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, sayohat dasturidan Ariston bobo maqbarasi, “Hazrat Sulton” tarixiy-madaniy qoʻriq-muzeyi, Markaziy Osiyodagi eng yirik “Karvonsaroy” sayyohlik majmuasiga tashrif buyurish ham oʻrin olgan.

Toshkentda ekskursiya ishtirokchilariga nafaqat tarixiy joylar, balki shaharning zamonaviy taraqqiyoti bilan ham yaqindan tanishish imkoni yaratilgan.